Thursday, March 20, 2014

Ōzbek tiliniŋ yozuvdagi ifodasi xususida: 2-qism

("Ōzbek tiliniŋ yozuvdagi ifodasi xususida" maqolasiniŋ davomi sifatida, tilimizniŋ eŋ kōp ustunlikka ega tomonlaridan keŋ kōlamda foydalaniş uçun uşbu ōzgarişlar yuz berişi kerak deb xisoblayman.
Xozirda imlo xatolarisiz (texnik sabablardan taşqari) yoziş, borgan sari umumsavodxonlik darajasiniŋ tuşib borayotganini inobatga olib qaralsa, juda qiyindek tuyuladi. Bunga sabab tariqasida kōplab sabablarni sanab ōtişimiz mumkin:
1) Bilim oliş tiziminiŋ yaxşi yōlga qōyilmaganligi (kerakli tekşiriş va rağbatlantiriş tizimlarininŋ sustligi)
2) Bilim beriş tizimidagi kamçliklar (bu yerda xam moddiy va manaviy sabablarni sanab ōtiş mumkin va ularniŋ natijasi ōlaroq talim beruvçilarniŋ umumiy saviyasini tuşib borişi)
3) Tilimizniŋ yozuvdagi ifodasini ōzgarişlar va bu ōzgarişlarniŋ tōliq amalga kiritilmasdan, xali xam juda kōp joylarda uçraydigan (kiril) alifbosidan foydalanişlarga yōl qōyiş va bunga imkoniyat yaratib beriş
4) Lotin alifbosiga asoslangan alifbomizning ōzidagi içki muammolar va yozuvning kompyuterdagi ifodasi va yozuvdagi ifodalari orasidagi farqlar v.k. boşqa muammolar (yangiliklar)
5) Tilga va yozuvga etiborniŋ pastligi, va qaratilayotgan etiborlarniŋ boşqaça talqinga olinişiga yōl qōyib berilişi (millitkaşlik, ortiqça xarajatga jalb qiliş kabi, bu yerda çiqarilgan kitoblar va bosma taboqlarniŋ qaytatdan ōzgartiriş xarajatlariniŋ peşlanişi). Bu aloxida mavzuga arziydigan bōlimlardan biri bōlib, xarajatlar smetasi va maktab darsliklariniŋ ōzgarib boriş tadrijiy xolatlarini ōrganib çiqilgan xolda taxlil qilinsa, maqsadga muvofiq bōladi.

Şu kabu muammolarniŋ mavjudligininŋ ōzi xam yetarli. Qolganlarini quyida maqola ostidan fikr muloxaza tarzida bildirişingiz mumkin.

Lotin alifbosidagi Azarbayjon alifbosini etiboringizga xavola qilsak. Xōş ularniŋ lotin alifbosiga asoslangan yozuvlari qay kōrinişda,

 

E'tibor berib qarasangiz kōp narsa ravşan kōrinib turibdi. Birinçi maqolamga qōşimça ravişda uşbu maqolada etiboringizga İ xarfiniŋ ifodalanişiga qaratmoqçi edim. İ, i xarfi katta va kiçik xolda yozilganda xam yuqori qismidagi nuqta mavjud bu esa ōqişdagi l (L) va l (i) xarflariniŋ tezlik bilan ajratib ōqiş imkonini beradi...

davomi bor.

No comments:

Post a Comment