Tuesday, March 31, 2015

Yengil olib, jiddiy qarang. Siz va biz.


Biror narsani boshlab, unga kirishib olish qiyin, sõngra uni davom ettirish qiyinchiligi, keyin esa, keyin, u Sizning hayotingizning bir qismiga aylanadi, Sizga endi usiz yashash qiyin. Demak, Siz bilan bizning maqsadimiz, shu “usiz yashash qiyin” bosqichiga yetib olish! Shu gaplar bilan maqolani õqishni boshlab oldingiz.


Agar hamma qõlingizdan kelmagan narsa/ish-larni Taqdirga, “Peshonaga” yoyib, undan voz kechaversangiz, demak, Siz, ruhan, jismonan, aqlan yetuklikka intilishingiz kerak! Maqsad qildingizmi, uning yõlida mehnat qilish, ter tõkish kerak, maqsad sari kuch, ğayrat sarflash kerak, faqat shu yõl bilan natijaga erishish mumkin. Unutmasligimiz kerak bõlgan narsa, qadamlarni kichikroq olib, olisni kõzlab yõlga chiqish. Ya’ni buyuk orzu yõlida, kichik-kichik maqsadlarni oldimizga qõyib, ularga erishib, yõlimizda davom etish. Shunda, zerikib qolmaymiz, boshlaganlarimizni oxiriga yetkazish imkoniyatimiz yuqori bõladi va natijada qõlga kiritilingan kichik maqsadlar, biz uchun motivatsiya vazifasini bajarib, bizni yangi kuch, yangi ğayrat bilan olğa yurishimizga undaydi. Bu bizning hamma narsalar harakat, shart bilan belgilab qõyilgan dunyomizning eng muhim Qoidasidir!

Dunyoda yaratilmishlarning eng birinchisi Qalam. Sõngra unga “Yoz” deb buyuriladi va barchasi yoziladi. Dunyoning yaratilish tarixidan, uning olti kunda yaratilinganini va birinchi kuni yaratilmishlardan osmon, yer, qoronğulik, suv va yoruğlik yaratilganini va yoruğlikni qaronğulikdan ajratilinganini õqiganmiz yoki eshitganmiz.

Yuqoridagi boksdagi narsaning eslatib õtilinganiga sabab, bundan, biz uchun muhim ikki narsa chiqadi:

Birinchisi, Qalamning hayotimizdagi ahamiyati.
Qalam demak, ilm olish, uni ulashish va avlodlarga me`ros qilib qoldirish demak.

Ikkinchisi, yoruğlikning qoronğulikdan ajratilishi.
Hayotimizdagi vaqtning naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligi.

Qisqasi, maqola shu ikki narsaning hayotimizda tutgan õrni haqida. ))

Vaqt bu nima? Vaqt bu, kvantlanmaydigan tashqi birlikdir, u õzgarmasdir (nisbiy). Uning oqish tezligi õzgarmasligiga (const.) hech qanday ta’sir õtkazib bõlmaydi. Vaqt bizning hayotimizda õzgartira olmaydiganimiz va biz qanchalik xoxlamaylik, uni ortga qaytara, oldinga õtkaza olmaydiganimiz õlchovdir.

Bizning hayotimizda vaqt sarfining statistik taxlillari xilma xil bõlib, bu yerda Bodo Shefer, õzining “Õz vaqtini boshqarish san’ati” da keltirgan statistik ma’lumotlarni keltiramiz.
Masalan, õrtacha hisobda insonlar, 27 yil uyquga, 10,5 yil ishlashga, 8,5 yil yõl yurishga, 7,6 yil televizor tomosha qilishga, 5,5 yil ovqat yeyishga, 2,8 yil kasal bõlishga, 2 yil chekishga (chekuvchilar), 2,3 yil har xil narsalarni õqishga, 2,2 yil maktabda tahsil olishga, 1,5 yil tanalariga oro berishga, 1,5 yil shunchaki hech narsa qilmaslikka (bekorchilik), 1 yil õyin õynashga, 0,8 yil xaridlar qilishga, 0,2 yil sport bilan shuğullanishga va yana 0,2 yil boshqa ehtiyojlariga sarflaydilar.
Endi oddiy arifmetika:
27+10,5+8,5+7,6+5,5+2,8+2+2,3+2,2+1,5+1,5+1+0,8+0,2+0,2=73,6
Demak, 73,6 yillik õrtacha umr sarf hisobi.

Biz aqlimizni tanib, voqea-hodisalarni ongli tushunib, qabul qilishni boshlagunimizcha, umrimizning õratacha 25 yilini sarf qilib yuboramiz. Yana boshqa tarafdan, faol hayot kechirib, mehnat qila olish imkoniyatimiz ham õrtacha 63-65 yoshlargacha davom etadi. Demak, bizning ixtiyorimizda 40 yillik (65–25=40) faol umr bor. Xõsh, endi undan qanchasini uxlash, ovqatlanish, yuvinish, va boshqa shaxsiy (hayotimizda davom etish uchun majburiy) ehtiyojlarimizga sarflaymiz!?

Yuqoridagi faol umrimizni ajratib olib, ya’ni 40 yil, uni õrtacha umr sarf hisobidagi 73,6 yillik umrning qancha qismini tashkil qilishini hisoblasak, (40/73,6*100) 54% ni tashkil qilishini bilib olamiz. Bundan, umrimizni sarflayotgan yõnalishlarning ham 54% ni topib olamiz.
27*54%=14,58 yil uyqu
5,5*54%=2,97 yil ovqat yeyish
2,8*54%=1,51 yil kasal bõlish
2,3*54%=1,24 yil har xil narsalar õqish
1,5*54%=0,81 yil tanaga oro berish
1,5*54%=0,81 yil bekorchilik
1*54%=0,54 yil õyin õynash
0,4 yil sport va boshqa ehtiyojlar
Jami=22,86 yil.

Demak, 40 yillik faol umrguzaronlik vaqtimizga, umumiy sarfning 22,86 yili tõğri kelar ekan. Bu albatta juda ham qõpol hisob-kitob. Hisoblarni amalga oshirilganda, chekishga sarflanadigan vaqt hisobga olinmadi, chunki kim cheksa, bundan darhol qutilishi kerak! Televizorda shunchaki vaqt õtkazishga sarflanadigan yillar ham hisobga olinmadi, sababi bu ishni ham zudlik bilan tõxtatish maqsadga muvofiq. Ishlashga va yõl yurishga sarflanadigan vaqtlar ham hisobga olinmadi, sababi bularni ijobiy xal qilish mumkin, ya’ni yõlda foydali kitob (leksiyalarni) tinglab ketish mumkin, ish masalasida ham, agar õzimiz sevgan ishni qilsak, nur ustiga a’lo nur bõlishi mumkin.

Aytingchi, xato qilib qõyishdan qõrqasizmi? Agar bu savolga, “ha” deb javob bergan bõlsangiz, Sizni tushunaman. Lekin, bu narsaga bir oz ichkarisidan nigoh tashlaylik. Soğlom aql bilan qabul qilinsa, xato qilish, Siz bilan biz uchun bosib õtilishi kerak bõlgan muhim bosqich. Agar, Siz xato qilishdan qõrqib, biror ish qilishdan qõrqib, uni amalga oshirishga harakat qilmasangiz, tabiiyki xato yuz bermaydi, lekin Siz bu ishni amalga oshirishga harkat qilib kõrsangiz, urinsangiz, tabiiyki bu yõlda bir qancha xato va kamchiliklarga yõl qõyasiz. Siz õsha ishni amalga oshira olmagan taqdiringizda ham, Siz uchun hayotingizda kerak bõlgan, balkim eng muhim bõlgan, tajriba saboqlarini olasiz. Shu tariqa Siz takomillashib borasiz. Unutmang!, Harakatda – barakat! Tajriba bu barcha-barchamizga kerak bõlgan eng muhim hayotiy saboqdir. Uni xox õz boshimizdan õtkazib, xox yaqinlarimiz tajribasidan, xox kitob va boshqa turli manbalardan õqib õrganaylik. Asosiysi esa, ularni tõlaligicha, yaxshilab õrganib olib, tabiiyki hayotimizda ulardan faol foydalanishdir. Xaligi gap, “Hayot, eng zõr muallim, faqat darslariga qimmat haq oladi.” Biz bilishimiz kerakki, tajriba bu bilimning aynan õzidir!!! Tajriba = Bilim

Bilim, bir, ikki yoxud uch bosqich avlodlar hayotlari bilangina hozirgi kundagi holiga kelmagan. Bilim insoniyat yaratilinganidan buyon, insonlar hayotida doimiy taraqqiyot bosqichlaridan õtib kelmoqda. Uni bobo-buvilar farzandlariga, nabiralariga, ota-onalar ham õz farzandlariga, nabiralariga qoldirishgan. Ajdodlardan avlodlarga õtib, charxlanib, boyib, kengayib, õsib, shakllanib kelgan. Bu eng muhim boğichni mahkam tutmoq lozim!

Mehnat qilish bizning borligimiz, hayotimizning mazmuni. Aqliy va jismoniy mehnat hamohanglikda olib borilsagina, yaxshi natijalarga erishish mumkin. Xaligi gap, “Soğ tanda, Soğlom aql.” Mehnat qilishda, tartibli, rejali, tizimli mehnat qiling. Ushbu tamoyillarga amal qilmasdan mehnat qilinsa, natija kutilganidek bõlmasligi mumkin. Rejali, tizimli mehnat qilmagan odam “Otini chopqirligiga ishonib, dangasalik qilgan odam, otini ham charchatadi, õzini ham xarob qiladi” degan gapni unutmasin. Aql bilan mehnat qilinmasa, aytganlaridek, “Kallasi ishlamaganning, oyoğiga tinchlik yõq”, holiga tushadi, ortiqcha quvvat, vaqt, asab qisqasi, keragidan ortiq moddiy va ma’naviy boyliklarni sarf qilishga majbur bõladi. Sizning dunyoqarashingiz tajribalar, yangi olingan bilimlar bilan birga õzgarib, õsib boradi. Eng asosiysi tõxtab qolmaslik, chunki bu dunyoda unutmang-ki, vaqtni tõxtatib tura olmaysiz, agar Siz tõxtasangiz, demak biling-ki, vaqt õtib bormoqda va Siz ortda qolib ketayapsiz.

İlm yõli, hamma yaxshi narsalarga erishishning boshida bõlgani kabi, qiyin, mashaqqatli. İlm yõlining mashaqqatini yengish yõli ham, qolgan mashaqqatlarni yengish kabi. Masalan, sportda, uni boshlab, keyin esa davom ettirish qiyin kechadi, lekin, Siz u bilan doimiy, tartibli va jiddiy shuğullansangiz, endi usiz “yashay olmaysiz”, u Sizning hayotingizning bir bõlagiga aylanadi. Sizni odatda sport bilan shuğullanadigan kunlaringiz, vaqtlaringiz kelganida, Siz biron bir sabab bilan u bilan shuğullana olmasangiz, Sizning tanangiz buni his qiladi va Siz, sport bilan shuğullanishni qattiq istaysiz. İlmda ham shu kabi bõladi, avvalo, Siz uni bilmaysiz, tushunmaysiz, qiynalasiz. Siz, uni tushunib, bilib olganingizdan keyin, Siz undan rohat ola boshlaysiz, keyin yana ham qiyinroq masalalarga duch kelasiz, ular bilan ham qiynalasiz, ammo uni tushunishga harakat qilib, mehnat qilishda davom etsangiz, Siz ularni ham tushuna boshlaysiz, ular ham Sizga oson bõlib boradi. Siz, ilm chõqqilarini shu tariqa zabt eta borasiz va huddi sportdagi kabi, Siz ham usiz “yashay olmaydigan” bosqichga yetib borganingizda, Sizning oldingizdan chiqadigan muammolar, qiyinchiliklar, Sizga rohat bera boshlaydi, ularni yechishni, xal qilishni xoxlaysiz va ularning yechimini topishingiz, Sizni ruhlantiradi, ilhomlantiradi, yangi bosqichlarga chorlaydi. Ana endi ilm bilan shuğullanishga biror bir sababga kõra vatq topa olmasangiz, õzingizni yomon his qila boshlaysiz, huddi birdan yaxshi nafas ola olmayotgan inson kabi. Sizdan talab qilinayotgan narsa ham, shu darajaga yetib borgunga qadar tinim bilmasdan mehnat qilish. Keyin, mehnat qilish, hayotingizning eng asosiy qismiga aylanadi, balkim suv va havo kabi bir qismiga aylanib qoladi.

Xulosa õrnida shuni aytib õtish mumkin, Sizni yolğon-yashiq gaplar bilan, ilm olish uchun qobiliyat kerak, genlar kerak, desalar, bunga aslo va aslo quloq solmang, ishonmang, bu hayotda hamma narsaga mehnat bilan erishilinadi. Siz, kimdir, nimanidirni Sizdan kõp bilishini kõrganingizda, õzingizda qobiliyat yetishmasligi yoki yõqligini emas, balki qilayotgan mehnatingizning kamligini kõrasiz. Bundan boshqa narsani emas. Bu hayotda hamma, õz yutuqlariga mehnati bilan erishgan. Siz, endi kech bõldi, umrimning kõpi õtib ketib bõldi, deb õylaganingizda, hali erta bõladi, Sizga, Sen buni qila olmaysan, desalar, Siz, uni qila olishingizni kõrsating!

Yana xaligi gap, “Agar Bilim eshik bõlsa, Mehnat uning kalitidir!”


No comments:

Post a Comment