Thursday, September 19, 2013

Ōzbek tiliniŋ yozuvdagi ifodasi xususida

Bu yerda men ōzbek tiliniŋ lotin alifbisiga asoslangan yozuv şakli xaqida bir oz ōz fikrlarim bilan ōrtoqlaşmoqçiman. Ōzbek tilininiŋ tarixi, uniŋ naqadar keŋ qamrovga ega ekanligi va boşqa şu kabi asoslarini yozişniŋ xojati yōq deb bilgan xolda, bu yerda alifbomizniŋ, yani tilniŋ yozma ifodasini, taraqqiyotga tasiri xaqida bir oz tōxtalsam.
Avvalo yozuv bu tilniŋ yozma ifodasi bōlib, u tilniŋ bor imkoniyatlarini ōzida ifodalay oliş imokoniga ega bōlişi kerak. Bundan taşqari u sodda, tuşunarli va aniq kabi xususiyatlarga ega bōlişi xam talab etiladi.

Ōzbek tiliniŋ lotin alifbosiga asoslangan yozuv şakli bu talablarniŋ bazilariga javob bermaydi. Masalan, soddalik: sh, ch, o`, g` kabi xarflar ikkita belgining birgalikda yozilişi orqali ifodalaniladi. Yoki s va h xarflari birga kelganda lekin ularni aloxida o`qish uchun (tuşunarlilik tarafidan) ularni (`) belgi bilan ajratiş kerak.

Tilimiz uçun kerak emas bōlgan xolatlardan biri bu ikkita x va h xarflariniŋ mavjudligi. Aslini olganda bu ikki x va h xarflarini bir x xarfi orqali ifodalaş bilan tilimizda fonetik ōzgarişlar yuz bermaydi, xamda til foydalanuvçilari uçun imloviy savodxonlikniŋ ōsişiga olib keladi. Masalan, Şox (Shox) dedingiz nima, Şoh (Shoh) dedingiz nima, mantiqan ōylab kōrilsa, buniŋ axamiyati tuşunarli deb ōylayman va uniŋ manosi matn moxiyatidan (gap mazmunidan) oğzaki nutqda xam, yozma şaklda xam tuşunilib olinaveriladi.

(`) ayriş belgisi - bu belgi ustida kōplab munozaralar ōtkaziş mumkin, ammo undan voz keçiş eŋ tōğri tanlov bōladi. Sabab sōzlarni asliça emas ularni ōzlaştirib qabul qiliş kerak. Tub tilimizda bunday belgi qōllaniladigan sōzlar borligiga katta şubxam bor. Ularniŋ tilimizdagi kōplab vakillari arab tilidan kirib kelgan bōlib, biz ularni ōzlştirmasdan, tōğridan tōğri qabul qilib olganmiz - bu esa notōğri.

(NG) tovuşi tōğrisida. Xammamizga malumki tilimizda uşbu tovuş keŋ qōllaniladi. Bu tovuşni yagona tizim orqali faqat sōz sōngida qōllaş va uni yagona belgi bilan ifodalaş ustida xam işlaş maqsadga muvofiq bo`lar edi.

Bazi bir ōzlaşma sōzlardagi xolatlar tōğrisida, masalan, Valuta (Valyuta), Oktabr (Oktyabr) va x.k.z. Bunday xollarda yoki talaffuzimizni yozilişi kabi qilişga kelişiş kerak yoki talaffuzimizga moslab Valyutani Valyuta deb yozaylik....

Sh, ch, o` va g` xarflarini sodda şaklga keltiriş, yani sh - ş, ch - ç, o` - ō, g` - ğ, x/h - x kabilar natijasida bazi bir xollarda uçrab turadigan İs`hoq kabi sōzlarni ajratmasdan İsxoq deb yoziş imkoni yatatilişiga o'xşaş qulayliklar yuzaga keladi.

Yuqorida sanab o'tilgan va bundan taşqari bir qança xollarni qayta şakllantiriş natijasida biz internetda tōlaqonli ōzbek tilidagi qidiruvni yuzaga keltirişimizga imkon tuğiladi. Bundan taşqari xar turdagi onlayn sinxron tarjima dasturlariga tilimizniŋ qōşilişida algoritmlar tuziş sodda va aniq şaklga keladi, bu esa ōz navbatida tezlikniŋ oşişiga xamda trafik sarfi kamayib, xarajat kamayişiga olib keladi. Bundan taşqari tilimizda maqola yoziş, fikr almaşiş kabi yozma imkoniyatlarniŋ oşişi kabi xolatlarni ōstiruvçi - daqiqasiga terilayotgan belginiŋ mantiqiy asosi yani sōzlarni xosil qiliş tezligi ortadi, imloviy xatolar soni keskin kamayadi...

Raxmat. Matn içida yōl qōygan xatolarim uçun uzur sōrayman. (Bu meniŋ ilk tajribam).

davomini ōqiş uçun bosiŋ

No comments:

Post a Comment